
Ekran o’lchami:
Shrift o’lchami:
Ish vaqti
08:00-17:00
margilon_akm@natlib.uz
+998947193070


Asosiy
Kutubxonamiz haqida
Kutubxona tarixi
Marg‘ilon shahar axborot-kutubxona markazi 1958-yilda qurilgan bo‘lib, dastlab shahar madaniyat bo‘limi qoshida faoliyat olib borgan.
2007-yilgacha shahar hududidagi tarmoq kutubxonalari uchun asosiy markaz bo‘lib xizmat qilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 20-iyundagi “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida”gi 381-sonli qaroriga muvofiq axborot-resurs markaziga aylantirilib, shahar xalq ta’limi bo‘limi tasarrufiga o‘tkazilgan.
Kutubxona 2019-yilgacha shahardagi maktab muassasalari uchun metodik hamda ularning faoliyatini nazoratga olish markazi bo‘lgan.
2019-yil oxiriga kelib Marg‘ilon shahar axborot-kutubxona markazi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-4354-sonli qaroriga asosan O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tizimida qayta tashkil etildi. Kutubxona shahar markazida, aholining barcha qatlami uchun qulay joyda joylashgan.
Shuningdek, Marg‘ilon shahar Yoyilma MFYda, Navbahor MFYda, Chilonzor MFYda, da ham axborot-kutubxona markazi filiali mavjud bo‘lib, ushbu kutubxona mahalla aholisiga xizmat qiladi.
Ushbu maskanlarda Yoyilma MFYdagi kutubxona filiali 1958-yilda, Navbahor MFYdagi kutubxona filiyali 1960-yilda Chilonzor MFYdagi kutubxona filiyali 1964-yilda, qurilgan bo‘lib, kutubxona sifatida foydalanilgan. 2019-yilda Marg‘ilon shahar axborot-kutubxona markazi balansiga o‘tkazilgandan so‘ng aholiga kutubxona sifatida xizmat ko‘rsatib kelmoqda. 2020-2025-yillarga kelib Yoyilma MFYdagi filialda 3463 nusxada kitoblar, Navbahor MFYdagi filialda 5592 nusxada kitoblar, Chilonzor MFYdagi filiyalda 8995 nusxada kitoblar bilan aholiga xizmat ko‘rsatib kelmoqda.
Hozirgi kunda Marg‘ilon shahar axborot-kutubxona markazi 10844 dan ziyod yoshlar va uyushmagan aholiga hamda ijtimoiy tarmoqlarda 1513 dan ortiq kitobxonlarga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Shaharda aholini qamrab olish darajasi 20% ni tashkil qiladi.
Bugungi kunda Marg‘ilon shahar axborot-kutubxona markazining umumiy fondi: 33192 tani tashkil etib, 19314 nomda / 33192 nusxada bosma va elektron nashrlardan iborat.
Ushbu adabiyotlarni tillar kesimida tahlil qiladigan bo‘lsak, 9823 dona o‘zbek tilidagi, 23369 dona boshqa tillardagi adabiyotlarga to‘g‘ri keladi.
Kutubxona xizmatlari keng yo‘lga qo‘yish maqsadida markazda 4 ta bo‘lim faoliyat olib bormoqda (abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati, axborot-bibliografiya xizmati, fondlarni to‘ldirish, saqlash va ularga ishlov berish xizmati, Axborot-kommunikatsiya texnalogiyalari va raqamlashtirish xizmati).
Marg‘ilon shahar axborot-kutubxona markazi bo‘limlarida kompyuter mavjud, barcha xodimlar ish joylarida kompyuter texnikasi bilan ishlash ko‘nikmalariga ega. Kutubxona jihozlangan bo‘lib, kitobxonlar uchun o‘quv zallari, kompyuter xonalari mavjud.
Kutubxonada doimiy ravishda kitob va mutolaani targ‘ib qiluvchi turli tadbirlar o‘tkazib boriladi: davra suhbatlari, aksiya, mashhur kishilar bilan uchrashuvlar, badiiy kechalar, turli-tuman ko‘rgazmalar shular jumlasidandir.
Kutubxonada “Faol kitobxon” klubi faoliyat olib bormoqda.
Axborot-kutubxona markazi shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda https://t.me/Margilon_takm, (https://www.facebook.com/margilanakm, https://www.instagram.com/margilonakm, http://www.youtube.com/@margilonakm) shahar AKMning rasmiy sahifalari yaratildi va doimiy kitob targ‘ibotlari, kutubxona hayotidagi yangiliklar, shahrimizning mashhur kishilari bilan uchrashuv kabi tadbirlar yoritib borilmoqda.
Axborot kommunikatsiya texnalogiyalari va raqamlashtirish bo‘limi tomonidan 2023-yildan buyon 2500 dan ziyod adabiyotlar raqamlashtirildi.
Xulosa qilib aytganda, kutubxona – bu jamiyatning intellektual, ma’naviy va madaniy rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan muhim institutdir. U bilim manbai, ma’naviyat o‘chog‘i va ijtimoiy aloqalar markazi sifatida aholining har tomonlama kamol topishiga beqiyos hissa qo‘shadi. Marg‘ilon shahar axborot-kutubxona markazi ham o‘z faoliyati orqali bu muhim vazifalarni sitqidildan bajarib kelmoqda.
Kutubxonamiz a’zosi bo‘lish orqali siz minglab kitoblarga, maqolalarga va elektron resurslarga erkin kirish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. A’zo bo‘lish jarayoni oddiy va tez: faqatgina ro‘yxatdan o‘ting va bilim olamiga sho‘ng‘ing. Hozirdanoq a’zo bo‘ling va imkoniyatlaringizni kengaytiring!